Cristiano Ronaldo_BY_ASQAR - Bosh sahifa
Angliya Premyer Ligasi 26-tur: Arsenal 2-0 Blackburn, Chelsea 0-0 Liverpool, Aston Villa 4-1 Newcastle, Bolton 0-1 Portsmouth, Everton 1-0 Reading, Sunderland 2-0 Wigan Athletic, Derby County 0-3 Tottenham, West Ham 1-1 Birmingham City, Middlesbrough 1-0 Fulham

Hush kelibsiz Cristiano Ronaldoning ishqibozlari!!!

 
“Manchester United” o’z yarimhimoyachisi Krishtiano Ronaldoning madridliklar safiga jalb etish uchun matbuotdan foydalanganlikda ayblab “Real” klubi ustidan FIFAga rasmiy shikoyatnoma yo’lladi.

Inglizlar agarda “Real” matbuot yordamida mish-mishlar tarqatish kabi urinishlarga chek qo’ymasa, federatsiyaga shikoyat maktubi yuborishi haqida “qirollik klubi”ni ogohlantirgandi. Ammo, mish-mishlar o’sishdan to’xtamadi va o’yinchining o’zi ham kelajagi haqida Yevro-2008 mobaynida gapirishdan bosh tortgan.

“Manchester United”ning rasmiy saytidan bu haqda quyidagi gaplar o’rin olgan:

“27 may kuni “Manchester United” agarda “Real” klubi Krishtiano Ronaldoni ta’qib qilishdan o’zini tiymasa, bu borada FIFAga ma’lum qilishi haqida ogohlantirgandi. Afsuski, klub o’z va’dasida turmadi va biz FIFAga shikoyat yo’llashdan boshqa chora topa olmadik”.... Keyingisini o'qish
Просмотров: 425 | Vaqti: 11.06.2008 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar(0)

 “Real” klubi prezidenti Ramon Kalderon “Manchester United”ning madridliklar usitidan bergan shikoyatnomasi haqida to’htalib o’tdi.

Eslatib o’tamiz, mankunianlar “Real”ni Krishtiano Ronaldoni turli gazeta va OAV orqali o’z tarkiblariga jalb etishda ayblagan.

“Ular hech narsaga erisha olishmaydi, sababi hali hech narsa amalga oshirilmadi. Ularga yoqmayotgan narsa hardoim gazetadagi maqolalarda chop etilayotgan mish-mishlardir. “Manchester United” rahbariyati Ronaldoni sotishni istamaganidek, biz ham uni harid qila olmasligimizni hardoim aytib kelganmiz. Rasman mankunianlar haq ammo, biz hech narsaga qo’l urmadik, muammo faqatgina o’yinchi va klub o’rtasida”, - deydi madridliklar rahbari.
Просмотров: 461 | Vaqti: 11.06.2008 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar(1)

“Yuventus” klubi mavsumoldi o’yinlaridan oldin “Manchester United” bilan o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazishi ma’lum bo’ldi.

O’yin 6 avgust kuni Manchester shaxridagi “Old Trafford” o’yingoxida bo’lib o’tadi. “Yuventus” klubining rasmiy saytida keltirilishicha, klub Chempionlar ligasining kvalifikatsion raundidan oldin o’z kuchini sinab ko’rishni maqsad qilgan.

Undan tashqari, turinliklar Emireyts Kubogida “Real”, “Arsenal” va “Gamburg” bilan bo’ladigan o’yinlarda ishtirok etadi.
Просмотров: 325 | Vaqti: 11.06.2008 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar(0)

Italiyaning "Milan" klubi "United" himoyachisi Patris Evra bilan uning keyingi yili amaldagi shartnomasi tugashi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolashga umid qilmoqda.

Fransiyalik o'yinchini "Manchester United" bilan yana bir yillik shartnoma muddati bog'lab turibdi va agarda mankunianlar himoyachi bilan yangi shartnoma imzolamaslikka qaror qilishsa, italiyaliklar u bilan kelishuvni amalga oshirishga tayyor.

Tarqalagan ma'tlumotlar Evraning rahbariyatdan yiliga 3.5 million funt talab qilayotganini va tomonlar bu kelishuvga hali erisha olishmayotganini ma'lum qiladi.

Просмотров: 434 | Vaqti: 03.06.2008 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar(0)

Ser Aleks Fergyuson “Manchester United” rahbariyatiga kelayotgan ikki hafta mobaynida jamoaga yangi o’yinchilarni jalb etish uchun 50 million funt kerakligini ta’kidladi.

Fergyuson Premyer Liga va Yevropa chempionlarining tarkibini yanada kuchaytirish maqsadida o’yinchilar uchun kurash ketadigan yozgi transfer mavsumida bir necha o’yinchilarni harid qilish niyatida.

Fergyusoning transfer mo’ljalida 30 millionga baholanayotga “Sevilya”ning ikkita o’yinchisi – himoyachi Daniel Alves va hujumchi Luis Fabiano turibdi.

Alves uzoq yillar mobaynida Gari Nevillning o’ng qanot himoya nuqtasida to’p surishi kutilmoqda lekin shotlandiyalik mutaxasis 20 millionga baholanayotgan “Manchester Siti” himoyachisi Mika Richardsga katta qiziqish bildirgan.

“United”da 4 ta yangi o’yinchining paydo bo’lishi kutilmoqda biroq mankunianlar tarkibin... Keyingisini o'qish
Просмотров: 301 | Vaqti: 03.06.2008 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar(0)

“Real Madrid” klubi prezidenti Ramon Kalderon “Manchester United” yarimhimoyachisi Krishtiano Ronaldoni tarkibga qo’shish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solganini va endi qolgan umid o’yinchidan ekanligini bildirdi.

Kalderon o’yinchining o’zi fikr bildirmaguncha boshqa hech qanday taklif bildirmasligini bayon qildi. Eslatib o’tamiz, “Real Madrid” portugaliyalik o’yinchi uchun “United”ga 80 million yevro va yarimhimoyachining o’ziga esa, yiliga 9.5 million yevro maosh taklif etgan.

“Biz o’z ishimizni bajardik – endi so’z navbati o’yinchidan. Bu takliflar uchun yagoni javob beradigan inson – bu Ronaldoning o’zi”, - deydi prezident.

O’z o’rninda, mankunianlar Ronaldoni qo’yib yuborish uchun Robinyo, Serxio Ram... Keyingisini o'qish
Просмотров: 335 | Vaqti: 03.06.2008 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar(0)


“Manchester United” klubi Krishtiano Ronaldoni sotib olish uchun turli urinishlarni amalga oshirayotgan “Real Madrid” klubining harakatlarini to’xtatish maqsadida FIFAga arz qilishi mumkinligi haqida ispan klubini ogohlantirdi, - deb xabar beradi klubning rasmiy sayti.

Klubning “Real”ga taqdim etilgan bayonnomasida shunday fikrlar bor:

“Manchester United” “Real”ning Krishtiano Ronaldoni o’ziga jalb qilish maqsadida bildirayotgan izohlarini diqqat va g’azab bilan kuzatmoqda va quyidagi rasmiy faktlarni chop etdi: O’yinchida uzoq muddatli shartnoma amalda. Va u sotilmaydi.

Ispan klubining amalga oshirayotgan harakatlari va urinishlar biror bir rasmiy norma va qoidalarga mos kelmaydi va agarda bu kabi urinishlarini to’htatishni ep ko’rmasa bizning ham FIFAga arz qilishdan boshqa choramiz yo’q.

Bizning klub tarkibning yaxshi... Keyingisini o'qish
Просмотров: 298 | Vaqti: 03.06.2008 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar(1)

"Real" klubi prezidenti Ramon Kalderon birorta klubning o'yinchisi bilan hech qanday muzokaralar olib bormaganini ta'kidladi.

Kalderonning so'zlariga ko'ra, "Real" klubi "Manchester United" yarimhimoyachisi Krishtiano Ronaldo bilan ingliz klubining ruxsatisiz muzokara olib borishga urinmaganini bildirdi.

"Biz hech qanday urinish amalga oshirmaganmiz va kelajakda ham bunday niyatimiz yo'q. Biz o'z do'stimiz deb bilgan "Manchester United"dek klub bilan aloqalarimiz yomonlashishini istamaymiz. "MU" bilan yaxshi aloqadamiz va do'stligimizni buzish uchun hech qanday urinish sodir etmaymiz".

"Manchester United" o'z o'yinchilarini sotmasligini bilamiz va u yerdagi muammo Ronaldo va "MU" o'rtasidadir. Agarda ingliz klu... Keyingisini o'qish
Просмотров: 392 | Vaqti: 03.06.2008 | Reyting: 5.0/1 | Izohlar(2)

 Angliya Futbol Uyushmasi “Manchester United” bosh murabbiyi Aleks Fergyuson va uning yordamchisi Karlos Keyrushlarga qo’yilgan jazoni bekor qilishga qaror qildi.

Ikkala mutaxasis ham 8 mart kuni Angliya Kubogi chorak finalining “Portsmut”ga qarshi o’yinida hakamning harakatlarini tanqid ostiga olib uning butun o’yin davomida “pompeylar”ga yon bosganlikda ayblashgandi. O’sha uchrashuv 0:1 hisobida “Portsmut” foydasiga hal bo’lgan va hakamning hatosi Ronaldoni jarima maydonida yiqitilgani uchun penalti belgilamagani bo’lgan.

Futbol Uysuhmasining bayonotida “Manchester United” murabbiylariga qo’yilgan jazolar asossiz deb
Просмотров: 326 | Vaqti: 03.06.2008 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar(1)

"Manchester United” o’yinchilaridan Yevro-2008 da ishtirok etadiganlar nomi ma’lum bo’ldi.

“Qizil iblislar”dan 5 ta o’yinchi Avstriya va Shveytsariyada o’z milliy terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

№1 Edvin van der Sar (Gollandiya)

№12 Tomash Kuzshak (Polsha)

№13 Patris Evra (Fransiya)

№19 Luis Nani (Portugaliya)

№7 Krishtiano Ronaldo (Portugaliya)
Просмотров: 347 | Vaqti: 03.06.2008 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar(2)

1 2 3 ... 12 13 »